Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiyaning yarim yillik faoliyati muhokama qilindi
17:55 / 2025-08-26

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining navbatdagi III Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi dastlabki masala bo‘yicha partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N. Qayipbergenovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning dastlabki olti oyida jami 1 ming 286 tadbir o‘tkazilib, ularga 28 ming 536 nafar fuqaro qamrab olindi. Xususan, “Sog‘lom turmush tarzi yo‘lida birlashaylik” loyihasi doirasida 981 nafar xotin-qiz ishtirokida 61 marotaba uchrashuv o‘tkazildi. “Bor mehrimiz senga, bolajon” aksiyasi joriy yilda 10 ish kuniga uzaytirildi. Natijada, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 716 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi.

Hisobot davrida 103 ta mahalla hududidagi 1 ming 541 ta xonadon va 98 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tashrif buyurildi. Ushbu uchrashuvlar davomida aholidan 128 ta murojaat kelib tushdi. Ular bo‘yicha mutasaddilarga 53 ta deputatlik so‘rovi yuborildi va shundan 42 tasi ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, 75 nafar murojaat egasiga joyida huquqiy maslahatlar berildi.

O‘tgan davr mobaynida yangidan 16 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Shuningdek, plenumda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Ya. Abdullayevaning partiya fraksiyasi a’zolarining 6 oy davomida olib borilgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan esa partiyaning Qorao‘zak tumani Kengashi raisi D. Xojanov, Qonliko‘l tumani Kengashi raisi N. Xudaybergenova va Shumanay tumani Kengashi raisi M. Begjanovlar so‘zga chiqdi.
Plenum yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri