“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham 2024 yilgi parlament saylovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Saylovlarga tubdan yangicha yondashishni ko‘zda tutgan strategiya doirasida partiya xalqning ichiga yanada faolroq kirib borishni, har bir saylovchiga partiya g‘oyalarini yetkazishni, elektorat taklif-mulohazalarini olishni maqsad qilgan. Ayni paytda davom etayotgan imzo to‘plash jarayoni siyosiy tadbirga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
[gallery-18609]
Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy kutubxonasida o‘tkazilgan tadbirda dastlab “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat va Termiz shahar Kengashi mas’ullari tomonidan imzo to‘plash jarayonining tartib-qoidalari batafsil tushuntirildi. Jarayonda ishtirok etganlar imzo varaqalarini birma-bir to‘ldirib, partiyaning bo‘lajak saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashdi. E’tiborlisi, ular orasida yosh avlod vakillari ko‘pchilikni tashkil etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA