French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiyaning bosh shiori: “Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi”
12:03 / 2021-09-06

Poytaxtimizda Xalq demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Saylovoldi dasturidagi asosiy yo‘nalishlar xususida to‘xtalib o‘tmoqda.  

– Prezident saylovi kampaniyasida “Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi”, degan bosh shior ostida g‘alaba uchun kurashamiz. bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan faoliyat yetarli emas. Yoshga doir pensiya miqdorini belgilashda fuqaro ishlagan davridagi istalgan besh yilni o‘zi tanlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Kelgusi 5 yillikda kambag‘al aholi qatlamlari ulushini kamida 2 barobar qisqartirish, 2030 yilga qadar fuqarolarning o‘ta kambag‘al holatda kun kechirishiga barham berish bo‘yicha choralarni ko‘rish zarur, – dedi nomzod M.Vorisova.  

Nurillo Nasriyev, O‘zA