18 fevral –“Adolat” SDP tashkil topgan kun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi hamda sa’y-harakatlari bilan 1995 yil 18 fevral kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil etilgandi.
Aynan shu kuni partiyaning ta’sis qurultoyi bo‘lib, partiya Nizomi va das¬turlari tasdiqlandi. Buyuk bobomiz Amir Temurning davlat boshqaruvidagi “Kuch – adolatda” qoidasi partiyaning asosiy shiori sifatida belgilandi.
Qurultoy qarori bilan partiyaning bosma nashri – “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi ham ta’sis etildi va 1995 yil 22 fevral kunidan bosh¬lab muntazam ravishda chop etib kelinmoqda. O‘sha yilning o‘zida partiyamizga 3000 nafardan ortiq yurtdoshimiz a’zo bo‘lishgan. Respublikamizning barcha hududlarida yuzlab boshlang‘ich partiya tashkilotlari hisobiga mahalliy va hududiy kengashlar tashkil top¬di.
Xususan, O‘zbekiston “Adolat” SDP Jizzax viloyat kengashi 1995 yil 18 mayda tashkil etilgan bo‘lib, partiya viloyat kengashining birinchi konferensiyasi ham xuddi shu sanada chaqirilgan edi.
Konferensiyada O‘zbekiston “Adolat” SDP Jizzax viloyat kengashining birinchi kotibi etib “Jizzaxshartnomasavdo” hududiy boshqarmasi boshqaruv raisi O‘rinboy Qo‘ldoshev saylangan.
Shuningdek, keyinchalik ustozlarimiz Qudratilla Rafiqov, Muxtor Eshbekov, Anvar Temirov, Nurmamat Shodiyev hamda Rustam To‘ychiyevlar ham partiyamizning viloyat kengashi raisi lavozimida faoliyat olib boishgan. “Adolat” SDP Jizzax viloyat kengashig faoliyatini takomillashtirish, viloyatda partiya nufuzini oshirishda ularning hissasi katta ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.
Ayniqsa, keyingi yillarda viloyatimizda partiya tarafdorlari soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Birgina misol, men 2017 yil partiyada o‘z ish faoliyatimni boshlagan kezlarimda vohamizdagi jami partiya a’zolari soni 14 ming 27 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich shu kunlarda 111 ming 480 nafarga yetdi. Bugungi kunda partiyamiz safida xotin-qizlar ulushi 52 foizni, yoshlar ulushi esa 44 foizni tashkil etadi.
Albatta, partiya g‘oya va maqsadlarini, loyihalarini joylarda keng targ‘ib etish, aholining turli qatlamlariga chuqurroq kirib borish, xalq orasida nufuzi yuksalishida faollarimiz va deputatlarimizning xizmati katta.
Partiyaning o‘z elektorati, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar bilan ishlash, ularning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari alohida tahsinga loyiq.
Bizning asosiy maqsadimiz Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida O‘zbekistonning jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam o‘rin olishiga munosib hissa qo‘shishdan iboratdir.
Bunda ezgu ishlarda deputatlarimizning ham munosib hissasi bor, albatta. Deputatlar xalq vakili, partiya nufuzini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati qancha samarali bo‘lsa, xalqning partiyaga bo‘lgan ishonchi ham shunchalik ortib boradi.
Bugungi kunda mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarimiz 45 nafarni tashkil etib, ular samarali mehnat qilishmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi o‘tgan 30 yillik davr mobaynida bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi. Bulardan biri yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash maqsadida “Iste’dod klubi” tashkil etilganidir. Klub a’zolari doimiy faoliyat olib borishi hamda mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Viloyatimiz yoshlarining huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida klubimizning o‘rni beqiyos. “Iste’dod klubi” faol, talabchan, iqtidorli yoshlarni o‘z atrofiga birlashtirgan.
Partiyamizning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” shiori ostida ekskursiyalar tashkil etganmiz. Ushbu sayohatlarni tashkil etishimizda Jizzax viloyati hokimligi, homiylar va boshqa hamkor tashkilotlar yaqindan yordam berayotir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarga ulug‘ bobokalonlarimizning ma’naviy merosini tanishtirish, ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch va shijoatni yanada oshirishdir.
Bulardan tashqari, narkamanlikka qarshi “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Bor mehrimiz senga, bolajon!” donorlik aksiyalari, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”, “Qandli diabetga qarshi kurashish haftaligi” loyi¬halari doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etib kelmoqdamiz.
O‘zbekiston “Adolat” SDP mafkuraviy va tashkiliy jihatdan mustahkamlanib, xalq orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Partiyaning asosiy maqsadlaridan biri adolatli jamiyat va huquqiy davlat barpo etishdir.
Orif SHUKUROV,
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Jizzax viloyat kengashi raisi.
O‘zA