French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya yetakchisi yo‘lsozlar va temiryo‘lchilar bilan uchrashdi
09:53 / 2024-10-24

"Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova Xovos tumanidagi targ‘ibot punkti faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv mobaynida punktdagi targ‘ibot materiallari, zarur siyosiy qo‘llanma va dasturlar, multimedia ko‘rgazma vositalari, partiya shiorlari yordamida partiya saylovoldi dasturini keng jamoatchilikka yetkazish kerakligi ta’kidlandi.

Partiya yetakchisi  "Temiryo‘lchilar" madaniyat saroyida partiyaning viloyat kengashi xodimlari, yo‘lsozlar, temiryo‘lchilar va OAV vakillari bilan uchrashdi. Partiyaning Sirdaryo viloyat kengashi raisi Jamol Komilov saylovoldi kampaniyasi doirasida viloyat kengashi tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, o‘tkazilayotgan tadbir va loyihalar, deputatlikka nomzodlar hamda targ‘ibot punktlari faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi.

"Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova so‘zga chiqib, "Adolat" SDP tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida saylovchilar bilan o‘tkazilgan  bevosita muloqotlar yuqori kayfiyatda, saylovchilarning faolligi ostida o‘tayotganini qayd etib, odamlarning bugungi kundan rozi bo‘lib  yashayotganini, islohotlarga daxldorligini, saylovlarga va, ayniqsa, nomzodlarning dasturlariga juda katta qiziqish bilan qarayotganini ta’kidladi.  

— Saylovchilar bilan uchrashuvlar biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yuzma-yuz, jonli muloqotlar paytida sizlarni o‘z saylovoldi dasturimiz bilan tanishtiramiz. Shu bilan birgalikda saylovchilarning dasturimizdagi u yoki bu taklif-tashabbuslarimizga oid munosabatlarini eshitamiz. Shu ma’noda bugungi uchrashuvimiz ochiq va samimiy, sermazmun bo‘ladi, bizlar bir-birimizni yanada yaqindan bilib-tanib olamiz, deya ishonaman. Ayniqsa bugungi uchrashuvimiz Xovos temiryo‘lchilar madaniyat saroyida shu soha vakillari bilan o‘tayotganligi jonli muloqotimizga alohida ko‘rk va mazmun bag‘ishlamoqda, deb o‘ylayman,-- dedi siyosiy kengash raisi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri