Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya yetakchisi Angorda tomorqalardan foydalanish holatini o‘rgandi
12:30 / 2021-06-02

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi raisi Aktam Haitov Angor tumanida "Baqtriya agro tomorqa xizmati" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Islom Xudoyberdiyev yaratgan mevali bog‘ bilan tanishdi. Aholi tomorqalarini borib ko‘rdi.

Ilg‘or mahallasi hududida so‘nggi yillarda 400 gektar tashlandiq yer o‘zlashtirilib, yangi ekin maydoni yaratildi. Shu yerning 120 gektarida tadbirkor I.Xudoyberdiyev mevali bog‘ barpo etgan.  

Ayni paytda tadbirkor bir tekis rivojlanayotgan mevali daraxt ko‘chatlari qator orasida poliz mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Uning ahamiyatli jihati shundaki, bog‘dagi mavjud maydonlar bir guruh ishsiz yoshlarga ijaraga berilib, ularning bandligi ta’minlangan. Yigit-qizlar o‘zlariga biriktirilgan yerlarga ekkan tarvuz, qovun nihollarini parvarish qilmoqda.  

Aktam Haitovda tumandagi mahallalarda aholi tomorqalaridan oqilona foydalanilayotgani ham juda manzur bo‘ldi. Masalan, Bobomurod Jovliyev mo‘’jazgina tomorqasi xonadon egalarining mo‘maygina qo‘shimcha daromad manbaiga aylangan.  

Suhbat chog‘ida B.Jovliyev joriy yilda birinchi ekin sifatida parvarishlagan karamdan yaxshigina daromad olganini, oila a’zolari bilan qilgan mehnatlari samarasini ko‘rganini, ro‘zg‘ori to‘kin bo‘lib qolganini faxr bilan ta’kidladi. Ikkinchi ziroatga chorva ozuqasi uchun makkajo‘xori ekkanini aytdi.

  

Tomorqa atrofidagi anor daraxtlarini ko‘zdan kechirgan Spiker o‘rinbosari B. Jovliyevga anor bog‘ tashkil etish va issiqxona qurishni maslahat berdi. Buning uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan ko‘chatlar yetkazib berish, issiqxona qurishga ham tegishli yordam ko‘rsatish taklifini ilgari surdi.  

Hududdagi boshqa tomorqa sohiblari bilan suhbat chog‘ida ham A. Haitov har qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

Shu kuni Spiker o‘rinbosari tadbirkorlar bilan uchrashib, kelgusi ikki yilda yana 500 gektar qo‘riq yer maydonini o‘zlashtirish, u yerga mablag‘ ajratish, suv chiqarish kabi masalalarni muhokama etdi. Bu yerlar ham kelajakda ko‘plab yoshlarning bandligini ta’minlaydigan, ularning mo‘l daromad manbaiga aylanadigan serhosil hudud bo‘lishiga katta ishonch bildirdi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA