Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya xodimlari qishloq ayollari holidan xabar oldi
11:29 / 2025-10-16

Ayollar muammolariga e’tibor qaratish, gender tenglikni ta’minlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti xodimlari va partiyaning Karmana tuman Kengashi tomonidan mazkur sana munosabati bilan paxta dalalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. 

Yangi ariq mahallasida tashkil etilgan tadbirda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritilib, ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, ular bilan dildan suhbat qurildi.

Har yili paxta terimida ishtirok etaman,  deydi terimchilardan biri Nilufar Zokirova. – Birinchi terimda 100-150 kilogrammgacha paxta terdim. Terim pullarini o‘z vaqtida berishmoqda. Dalada fermerlar tomonidan issiq ovqat, choy tashkil etilgan. Biz ayollar o‘zaro suhbatlashib, qo‘shiqlar xirgoyi qilib, birgalikda paxta teryapmiz. Vaqtimizni chog‘ o‘tkazyapmiz. Bugun partiya tashkiloti xodimlari kelib, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi. Albatta, bu kabi e’tibordan barchamiz xursand bo‘ldik.

Qishloq ayoli haqida gap ketganida ko‘z o‘ngimizda yuzlari oftobda qoraygan, qo‘llari mehnatdan qadoq bo‘lgan, so‘zlaganda tortinibgina, qimtinibgina turadigan, farzandlari yutuqlari haqida gapirganida maqtovlarni bir-biriga “qalashtirib” tashlaydigan ayol gavdalanadi. 

U uy ishlaridan ortib dala yoki o‘z tomorqasida mehnat qiladi, ro‘zg‘or yukini turmush o‘rtog‘i bilan baravar tortishga intiladi. 

– Ta’kidlash joizki, ushbu tadbirlar respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar samarasidir, – deydi partiyaning Karmana tumani Kengashi raisi Yusuf Murodov. – Aslida аёлларимиз, onalarimiz va qizlarimizga doimo g‘amxo‘rlik va ularni qo‘llab-quvvatlash burchimizdir. Bugun hayotdan, e’tibor va e’zozdan ko‘ksi tog‘dek ko‘tarilayotgan, xursandligidan dil roziligini bildirayotgan ayollarimizni ko‘rib, bizning ham kayfiyatimiz ko‘tarildi. Tadbir davomida partiya xodimlari ham paxta terib, terimchilarga yaqindan ko‘mak berdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA