Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya vakillari uzoq qishloq aholisi bilan uchrashdi
15:19 / 2019-09-26

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi targ‘ibot guruhi a’zolari Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan 180 kilometr uzoqlikda joylashgan Og‘itma ovulida uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi targ‘ibot guruhi a’zolari Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan 180 kilometr uzoqlikda joylashgan Og‘itma ovulida uchrashuv o‘tkazdi.

Og‘itma ovulida 40 ta oila, 200 dan ortiq qozoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. U yerda tuman xalq ta’limiga qarashli 38-umumta’lim maktabi hamda tibbiyot muassasasi mavjud. Mazkur ta’lim dargohida 51 nafar o‘quvchi hamda 18 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bu yerdagi aholi asosan chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi.

Targ‘ibotchilar tomonidan “Bu — mening partiyam!” loyihasi doirasida aholiga partiyaning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Partiya g‘oyalari mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

E’tiborlisi shundaki, partiya tomonidan maktab jamoasiga sport anjomlari berildi. O‘quvchi yoshlar shirinliklar bilan siylangan bo‘lsa o‘qituvchilarga partiyaning qimmatbaho sovg‘alari ulashildi. Bundan tashqari, og‘itmaliklardan 18 nafari O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

Zarif Komilov, 
jurnalist