Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya tashkilotining navbatdagi vazifalari belgilandi
19:37 / 2024-02-01

Sarhisob

Buxoroda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O`zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. 2024 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

–2024 yil ham yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar bilan kechishi kutilmoqda, –deydi deputat F.Aminov. –Mahalliy Kengashlarga o‘tkaziladigan saylovlar ana shunday muhim jarayonlardan biridir. Unga partiyamizning barcha faollari puxta hozirlik bilan kirishishi, O’zLiDePning eng munosib nomzodlarini deputatlikka tavsiya etishi talab etiladi. Tabiyki, bu borada mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. 

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri