Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya fraksiyasi yig‘ilishi
12:36 / 2015-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, quyi palatadagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari S.Turdiyev va boshqalar mamlakatimizda parlament faoliyatini takomillashtirish, parlament tuzilmalari va deputatlarning nazorat-tahlil faoliyati, saylovchilar bilan ishlash, qonunlar ijrosi hamda uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ishlar bajarilayotganini ta’kidladi.

Ana shunday vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamentiga muvofiq, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari joriy yilning 23-26-noyabr kunlari o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Mamlakatimiz qonun chiqaruvchi oliy organi nafaqat qonun ijodkorligi, balki nazorat funksiyasini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarga ega. Shu bois joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda fraksiya a’zolari aholini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning borishi, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishtirish, joylarda huquqni qo‘llash amaliyotini va saylovchilar yuzma-yuz kelayotgan muammolarni o‘rganish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

– Uchrashuvlar davomida aholidan tushgan turli sohalarga taalluqli 1700 dan ortiq murojaat fraksiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Islom Zokirov. – So‘rovlarning yetmishtasi mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ellikdan ortig‘i tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Yig‘ilishda deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi faoliyati markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida atroflicha yoritilgani qayd etildi. Fraksiya va deputatlar faolligini oshirish, demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan partiyalararo raqobatni kuchaytirishga yo‘naltirilgan vazifalar belgilab olindi.