Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya faollari paxtakorlar huzurida
11:19 / 2025-10-20

"Adolat" SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Qaypbergenov boshchiligidagi partiya vakillari hamda xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputatlari tumandagi Berdaq ovuli fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Agro-qәnige” fermer xo‘jaligi dalalaridagi paxtakorlar huzurida bo‘lishib, yig‘im-terim mavsumida paxtaning bir misqolini ham dalada qoldirmasdan, yurtimiz xirmoniga o‘z hissasini qo‘shayotgan paxtakorlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

– Tumanimiz aholisi jamoat ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lmoqda, - deydi xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Maxamatdin Gulimbetov.

Partiya faollari tomonidan ularning fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, terimda faol ishtirok etayotgan ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qorao‘zak tumani Madaniyat uyi xodimlari esa terimchilarga konsert dasturini namoyish etishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA