Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya faollari oromgohda o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi
10:08 / 2025-07-17

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi Sariosiyo tumanidagi so‘lim “Xonjiza” bolalar dam olish oromgohida hordiq chiqarayotgan o‘g‘il-qizlar bilan ochiq muloqot va sport bellashuvlari tashkil etdi.

Ayni paytda xushmanzara tog‘lar qo‘ynida viloyatning turli hududlaridan 350 ga yaqin o‘quvchi yozgi ta’til kunlarini sermazmun o‘tkazmoqda. Tadbirda partiya faollari va mahalliy kengashlar deputatlari mamlakatimizda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, sog‘lig‘ini saqlash, ularning ma’naviy, intellektual, jismoniy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash kabi masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Yosh avlodni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamolga yetkazish xususida fikr almashdi. 

Tadbirda qishloqlarda yashaydigan yoshlarning muammo, imkoniyat, taklif va tashabbuslari ham tinglandi. Stol tennisi, shaxmat-shashka singari sport turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqa o‘tkazilib, g‘oliblarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri