French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya faollari “Call center” da navbatchilik qildi
17:47 / 2020-04-29

Bir lahza toʻxtamaydigan qoʻngʻiroqlarga kun boʻyi javob berib, ularni roʻyxatga tartib bilan kiritib borish oson ish emas.


Aholi oʻrtasida koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 1197 qisqa raqamli “Call center”da murojaatlar toʻxtamaydi. Kimdir davomli ravishda olayotgan dori-darmonlarini topishda yordam soʻrab qoʻngʻiroq qilsa, yana birov vaqtincha ishsiz boʻlib qolib, moddiy taʼminotda qiyinchilikka duch kelganini aytib koʻmak soʻraydi.

Bir lahza toʻxtamaydigan qoʻngʻiroqlarga kun boʻyi javob berib, ularni roʻyxatga tartib bilan kiritib borish oson ish emas. Shuni hisobga olgan OʻzLiDeP Navoiy viloyati kengashining 12 nafar xodimlari tashabbus koʻrsatib, joriy yilning 28-aprel kuni Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash viloyat boshqarmasi negizida tashkil etilgan “Call center”ning 1197 qisqa raqamida bir kunlik navbatchilikni amalga oshirishdi.

Bir kun oldingi kutilmagan toʻfon natijasida simlar uzilib, aloqa masalasi ogʻir ahvolga kelib qolganiga qaramay, yordamchi quvvat manbaalaridan foydalanib madad istayotgan viloyat ahli bilan qoʻngʻiroqlashish yoʻlga qoʻyildi.

Shu kuni koʻngillilar tomonidan 200 dan ortiq murojaat qabul qilingan boʻlsa, shulardan 157 tasi oziq-ovqat mahsulotlari, 22 ta murojaat dori-darmon zarurati va qolganlari boshqa ehtiyojlar yuzasidan boʻldi.

– Pandemiya sharoitida xalqni nochor ahvolga tushib qolishdan asrash uchun qilinmoqda bu tadbirlar, – deydi partiya siyosiy taʼlim markazi rahbari Xislat Zayniddinov. – Ammo ming afsuski, bir qancha behuda qoʻngʻiroqlarga ham javob berishimizga toʻgʻri keldi. Eng muhimi, ularni yaxshi kunga umidlantirish “Call center”dagilar uchun oson emasligini his etdik.

Darhaqiqat, har kuni minglab odamlarning dardini tinglash uchun metin iroda sohibi boʻlmoq kerak.

OʻzLiDeP Navoiy viloyati
matbuot xizmati