Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya dala mehnatkashlari bilan yelkadosh
11:01 / 2025-10-14

Amudaryo tumanida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan “Hormang, paxtakorlar!” shiori ostida amaliy tadbir tashkil etildi.

Mamlakatimiz bo‘ylab paxta yig‘im-terimi avjida. Dehqonlarimiz tom ma’noda dala qahramonlaridir — ularning tinimsiz mehnati orqali yurtimiz ravnaq topmoqda. 

Dastlab partiyaning Damas avtomashinasida audio ovozda tuman markazi va bozor hududlarida targ‘ibot ishlari olib borilib, aholi paxta terimiga faol qatnashishga chaqirildi. Shundan so‘ng partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Amudaryo tuman Kengashlari vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, jalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari "O‘rta qal’a" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi "Yusuf xoja" hamda "Arna bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi "Kamalov Gulmirza" fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida bo‘lishib, terimchilar bilan muloqot qilishdi. Ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Partiya vakillari va deputatlar ham kun davomida paxta terishib, xo‘jalik xirmoniga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari va deputatlar terimda faol qatnashgan terimchilarga minnatdorlik bildirishib, partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA