Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yanada jonlanadi
18:48 / 2024-07-25

Andijonda siyosiy partiyalar faoliyatini jonlantirish, partiya a’zolari safini kengaytirish va elektorat bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Rasulov, xalq deputatlari Andijon shahar, viloyat kengashi deputatlari, partiya boshlang‘ich tashkilotlari rahbarlari, faollari ishtirok etdi.  

Tadbirda jamiyatdagi demokratik jarayonlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki qanday? O‘zbekiston “Adolat” SDP saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi talab darajasidami? Shuningdek, partiyalar faoliyatini jonlantirish, partiya a’zolari safini kengaytirish va elektorat bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

– Mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilgan, Yangi O‘zbekiston shakllanayotgan bugungi kunda barcha sohalarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Rasulov. – Ayniqsa, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu o‘z navbatida siyosiy partiyalar faolligini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.    

Davra suhbati davomida ishtirokchilar partiyaning siyosiy maydondagi o‘rnini mustahkamlash, boshlang‘ich tashkilotlar hamda partiya a’zolari faolligini kuchaytirish, partiya loyihalarini amalga oshirish, jamoatchilik bilan ishlash ko‘lami va sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, faoliyatda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish yuzasidan o‘zlarining taklif, fikr va mulohazalarini bildirdi.  

Tadbir ishtirokchilari Andijon viloyati Spidga qarshi kurash markazida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan, 100 nafardan ortiq a’zoni o‘z safiga birlashtirgan boshlang‘ich tashkilot faoliyati bilan tanishdi.  

Davra suhbati yakunida markazda faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar partiya safiga qabul qilinib, ularga partiya biletlari topshirildi. 

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA muxbirlari