Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilikdagi muammolar oʻz yechimini topadi
15:38 / 2018-11-27

Samarqand tumanidagi koʻp tarmoqli “Gʻofurov S bogʻlari” fermer xoʻjaligida 15 ming broyler joʻja parvarishlanmoqda.


Samarqand tumanidagi koʻp tarmoqli “Gʻofurov S bogʻlari” fermer xoʻjaligida 15 ming broyler joʻja parvarishlanmoqda.

photo5470134859050625372.jpg

2014 yilda faoliyat boshlagan xoʻjalikning yer maydoni 10 gektardan iborat. Shundan 4 gektarida uzum, 3,5 gektarida gʻalla, 2,5 gektarida sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. 150 tonna sigʻimga ega muzlatgichda uzum va kartoshka saqlanmoqda.

photo5470134859050625372.jpg

Xoʻjalik oyiga oʻrtacha 15 tonna parhez goʻsht yetkazib beradi. Xoʻjalikning oʻzida inkubator tashkil qilingan. Oyiga 24-25 ming dona joʻja chiqariladi. Oʻz ehtiyojidan ortigʻini yakka tartibdagi tadbirkorlarga, aholiga arzon narxlarda sotadi. Eng muhimi, parranda parvarishi uchun zarur boʻlgan omuxta yem ham xoʻjalikning oʻzida tayyorlanadi. 

– Davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qarori ayni muddao boʻldi, – deydi xoʻjalik rahbari Sh.Gʻofurov. – Qaror bilan tanishib chiqdim. Unda ayni paytda parrandachilik xoʻjaliklari faoliyatida mavjud kamchiliklarning barchasi aniq-ravshan koʻrsatilgan. Muammolarning yechimi ham alohida qayd etilgan. Jumladan, bizning faoliyatimizda omuxta yem ishlab chiqarishda soya shroti bilan bogʻliq muammo asosiy oʻrinda turadi. Shuningdek, bugʻdoy xaridi boʻyicha muammolar ham ancha bosh qotirishga majbur qiladi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun endilikda zarur yordam koʻrsatilishidan, sharoit yaratilishidan mamnunmiz. 

Xoʻjalik rahbarining taʼkidlashicha, 2019 yilda xoʻjalikda 50 ming dona broyler joʻja parvarishiga moʻljallangan tovuqxona qurish, parrandachilik xoʻjaliklari uchun omuxta yem ishlab chiqarishni kengaytirish bilan birga, baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari uchun omuxta yem ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.