Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilik rivojlanmoqda
06:34 / 2022-05-27

FOTOREPORTAJ

Surxon vohasining Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Termiz parrandachilik fabrikasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati aholi dasturxoniga arzon va sifatli parhezbop go‘sht va tuxum  yetkazib bermoqda. 

Hozirda fabrikada 204 ming bosh tovuq, 88 ming bosh jo‘ja parvarish qilinmoqda. So‘nggi 4 oy davomida 19 million 710 ming dona tuxum va 124 tonna go‘sht mahsuloti ichki bozorga chiqarildi. 

[gallery-7298]

MCHJ shu kunlarda faoliyatini rivojlantirish maqsadida bankning 9 milliard so‘mlik kredit mablag‘i hisobidan xorijdan zamonaviy asbob-uskunalar keltirish hamda ozuqa yem mahsuloti sotib olish harakatida. 

Parrandachilik fabrikasida 198 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 


 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA