Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilik rivojlanmoqda
18:46 / 2015-08-20

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida mamlakatimiz parrandachilik sohasining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida mamlakatimiz parrandachilik sohasining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar mamlakatimiz agrosanoat kompleksini rivojlantirish jarayonida parrandachilik sohasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bugun ushbu soha aholini arzon parhez mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

– So‘nggi besh yilda parrandachilik sohasi jadal rivojlanmoqda, – deydi “Parrandasanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari P.Rahmatullayev. – 2010-yilda 3 milliard dona tuxum yetishtirilgan bo‘lsa, 2014-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 5 milliard donaga yetdi. Bugun soha korxonalari tomonidan bir yilda aholi jon boshiga o‘rtacha 157 dona tuxum va 3 kilogramm tovuq go‘shti yetkazib berilmoqda. 

Davra suhbati ishtirokchilari ayni paytda soha oldiga muhim vazifalar qo‘yilganini ta’kidladi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun veterinariya xizmatini takomillashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, texnik inventarlarni modernizatsiya qilish, naslchilik parrandachiligini rivojlantirish zarur. Sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda 224 kasb-hunar kollejida 25,5 mingdan ziyod o‘quvchi parrandachilik sohasi bo‘yicha ta’lim olmoqda. 

Tadbirda parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.