Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilik genetikasida yangi bosqich boshlanmoqda (+video)
17:14 / 2025-10-09

Bugungi kunda yurtimiz parrandachilik sohasida genetik va naslli materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali ichki ehtiyojni ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar yetarlicha.

Shu munosabat bilan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va “Parrandasanoat” uyushmasi hamkorlikda dunyoda yetakchi bo‘lgan “Aviagen group” genetik kompaniyasi vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Unda ushbu kompaniya tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumanida 40 mln dollarlik loyiha muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda go‘sht yo‘nalishida “ROSS-308” krossiga mansub parrandalarning I-tartibli reproduktor naslchilik korxonasini tashkil etishga doir masalalar ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuvda so‘z olgan qo‘mita raisi tomonidan bugungi kunda mahalliy parrandachilik xo‘jaliklarining 80 foizdan ortig‘i “ROSS-308” naslidan foydalanishi, bu esa mamlakatda parranda go‘shti ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Aytish kerakki, “ROSS-308” nasli jahon miqyosida parranda genetikasida yetakchi bo‘lib, seleksiya dasturlariga ko‘ra yuqori o‘sish sur’ati, ozuqa-yem sarfining kamligi va yuqori mahsuldorligi bilan boshqa parranda zotlaridan ajralib turadi. “Aviagen group” kompaniyasi bilan hamkorlik nafaqat genetik salohiyatni oshirish, balki parranda go‘shti yetishtirish tannarxini pasaytirish, qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish va ozuqa resurslaridan tejamli foydalanishga xizmat qiladi. Mazkur kompaniya bilan uchrashuv – bu oddiy tashrif emas, balki mamlakatda ilg‘or genetik texnologiyalarni joriy etish, epizootik barqarorlikni mustahkamlash va veterinar xavfsizlikni integratsiya qilish choralarini kuchaytirish bo‘yicha strategik qadamdir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/27LynOPcDkM" title="Parrandachilik genetikasida yangi bosqich boshlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA