English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentlararo Ittifoqning Dubaydagi yig‘ilishida O‘zbekiston vakili ishtirok etadi
14:59 / 2022-02-25

26-27 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida joriy yilda o‘tkaziladigan Parlamentlararo Ittifoqning 144-Assambleyasi kun tartibi bilan bog‘liq masalalar muhokama etiladi.

 Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziningmatbuot xizmati ma’lum qilmoqda.  Jumladan, 144-Assambleyaga tayyorgarlikning borishi, Parlamentlararo Ittifoqning BMTdagi siyosiy loyihasi, ochiqlik hisobotiga rioya etish holati, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Kommunikatsiya strategiyasining dastlabki loyihasi ko‘rib chiqiladi. Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongning taklifiga ko‘ra, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etadi. A.Saidov 2020 yildan buyon Parlamentlararo Ittifoqning Vitse-prezidenti hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Parlamentlararo Ittifoq 1889 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda 179 ta mamlakat parlamenti mazkur nufuzli parlamentlararo tashkilotga a’zodir.

Parlamentlararo Ittifoq BMT bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Parlamentlararo Ittifoqqa BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan. O‘zbekiston 2017 yil oktyabrida Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo bo‘lgan va uning 138-141-Assambleyalarida ishtirok etgan. Xususan,  Parlamentlararo Ittifoqning 2019 yil 18 oktyabrda bo‘lib o‘tgan 141-Assambleyasida Yevroosiyo guruhidan – O‘zbekiston parlamenti namoyandasi A.Saidov Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi etib saylangan.      

O‘zA