Parlamentlararo hamkorlikning huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 6-sentabr kuni o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorgu Keneshining raisi Chinibay Tursunbekovni qabul qildi.
Bishkek, 6-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 6-sentabr kuni o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorgu Keneshining raisi Chinibay Tursunbekovni qabul qildi.
Prezidentimiz Kenesh raisining O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini yuksak qadrlashini qayd etdi.
Do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Oliy Majlisi qoshida alohida parlament guruhi tuzildi.
Kecha imzolangan Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa hujjatlar ikki davlat qonunchilik organlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishida alohida ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Jogorgu Keneshi raisi Chinibay Tursunbekovni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qildi.