French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi
11:31 / 2022-11-09

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Spiker o‘rinbosari Alisher Qodirov Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputatlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlarga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar va bunda parlamentning o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. So‘ngra tomonlar ikki davlat parlamentlararo muloqotini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.  

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida yaqin va ko‘p qirrali sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy aloqalarni yanada rivojlantirishga, jumladan, bugun ikki davlat qonun chiqaruvchi organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan do‘stlik guruhlari o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.  

Samimiy uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda parlamentlararo do‘stlik guruhlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etishga kelishib oldilar.  

 

O‘zA