Bugun, 7 aprel kuni Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley sessiyasi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov bir qator parlament vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zaro muloqotlarda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi.
Jumladan, Jazoir Milliy xalq assambleyasi Spikeri Braxim Bugali bilan uchrashuv chog‘ida keyinggi yillarda o‘zaro munosabatlar aniq amaliy mazmun bilan boyigani, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda ikki mamlakat parlamentlari muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.

Ekvatorial Gvineya Deputatlar palatasi Spikeri Salomon Nguyema Ovono bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Maldiv Xalq majlisi Spikeri Abdul Rahim Abdulla bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi katta tarixiy voqea bo‘lib, bu nafaqat mamlakat va mintaqa, balki butun dunyo parlamentlari hamjamiyati uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.
M.Komilova, O‘zA