Parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Qonun chiqaruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish, parlament instituti va mahalliy vakillik organlari salohiyatini oshirish borasida tajriba almashish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, aralash saylov tizimi va parlament vakolatlarini kengaytirishda o‘xshashlik mavjudligi ta’kidlandi.
Xalqaro parlament maydonlarida, shu jumladan, Parlamentlararo Ittifoq, YeXHT Parlament assambleyasi, MDH Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA