Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentlar rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining assambleyadagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
16:20 / 2025-04-08

Parlamentlararo Ittifoq assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Gruziya parlamenti rahbari Shalva Papuashvili, Tojikiston majlisi namoyandagon raisi Fayzali Idizoda va Jazoir parlamenti Milliy xalq assambleyasi Spikeri Brahim Bugali bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlarda parlamentlararo faoliyatda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish, parlamentlarning do‘stlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mitalari darajasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni muvofiqlashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

Parlamentlar rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan assambleyada ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirildi. Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Shuningdek, ular tomonidan Parlamentlararo Ittifoq 150-yubiley assambleyasini o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tayyorgarlik ishlariga yuksak baho berildi.

N.Abduraimova, O‘zA