French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentda yoshlar ovozi
17:01 / 2025-06-23

FOTOREPORTAJ

O‘zXDP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan “Farg‘ona yoshlarining parlamentdagi ovozi” shiori ostida yoshlar forumi o‘tkazildi. Forumning asosiy maqsadi yoshlarni parlament jarayonlariga faol jalb qilish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iboratdir.

Qo‘qon universitetida o‘tgan tantanali ochilishda Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov, O‘zXDP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Sh. O‘ktamov va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

[gallery-24015]

Sh. O‘ktamov o‘z nutqida yoshlarning parlamentdagi faol ishtiroki milliy taraqqiyotning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar forumi ularning siyosiy bilim va qarashlarini mustahkamlab, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtirokini kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishini bildirdi.

Shu kuni parlament yoshlar guruhi ishtirokida “Parlamenti modeli” tadbiri o‘tkazildi. Unda ijtimoiy tenglik va zamonaviy talablar asosida imtiyoz va grantlarni taqsimlash, shuningdek, frilans va raqamli mehnat sohasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida ishtirokchilar shahar va tumanlardagi tarixiy-madaniy meros ob’ektlariga tashrif buyurdi. 

Forumning yakuniy qismida ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularda bildirilgan tashabbus va takliflar asosida yoshlar manfaatini ko‘zda tutuvchi qonunchilik takliflari ishlab chiqilishi va tegishli davlat organlariga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA