Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament yuqori palatasi vakillari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi
12:41 / 2022-04-22

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etish maqsadida Qozog‘iston Respublikasiga yetib bordi.

Tashrifning birinchi kuni delegatsiya vakillari Orolni ko‘zdan kechirib, Ko‘korol to‘g‘oni holati va «Aral SeeFood» baliqni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 22 aprel kuni S.Safoyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etadi, deya xabar beradi  O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

O‘zA