Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qaytarib oldi
15:22 / 2023-03-09

7-8 mart kunlari Tbilisida keng miqyosdagi namoyishlar natijasida mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili "Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga veto qo‘ydi.

Davlat rahbari kecha gruzin xalqiga murojaatida "Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi chiqqan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagani aytilgan edi.  

Gruziyada mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakat uchun NATO va Yevropa Ittifoqiga kirish eshiklarini yopishi mumkin. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari hamda AQSH Davlat departamenti ogohlantirishgan edi.  

YeIning Gruziyadagi delegatsiyasi mamlakatning hukmron partiyasi “Gruziya orzusi – demokratiya Gruziya”ning parlament tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlangan “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qaytarib olishini olqishladi, deyiladi, vakolatxona matbuot xizmati xabarida.  

Muxolifat vakillari loyihaning qaytarilib olinishiga qaramay, Tbilisida mitinglar o‘tkazishni davom ettiradi, dedi "Girchi – ko‘proq erkinlik” partiyasi vakili Sotne Koberidze.  

O‘zA