Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parlament o‘yinlari”ni an’anaviy tarzda o‘tkazib borish maqsadga muvofiq
14:13 / 2022-05-07

Bugun Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan Senat tashabbusi bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Unda Senat tomonidan o‘tkazilayotgan Rais kubogi uchun “Parlament o‘yinlari” sport musobaqasi hamda “Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama etildi. 

Seminarni Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 2021 yilda o‘tkazilgan “Parlament o‘yinlari” sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilgani, sportning minifutbol, voleybol, badminton va stol tennisi bo‘yicha besh mingga yaqin xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari ishtirok etganini qayd etdi.  



Seminarda ta’kidlanganidek, “Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika ko‘rik-tanlovining tuman va shaharlar bosqichida 1  ming 35 ta, hududiy bosqichida esa 207 ta mahalla ishtirok etib, 62 ming 500dan ortiq yoshlar qamrab olingan. Final bosqichida esa 14 ta hududdan bittadan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan mahallalarning 300dan ortiq yoshlari ishtirok etgan. G‘olib mahallaga Prezident sovg‘asi “Damas” avtomobili taqdim qilingan.      

Tadbirda har ikkala tanlov yurtdoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otganini inobatga olib, ularni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib borish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi. Shuningdek, mazkur tanlovlarni o‘tkazish jarayonida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ham bildirildi.

Xususan, tanlovlarning hududiy bosqichlari o‘z vaqtida o‘tkazilmagani, ushbu bosqich g‘oliblarini taqdirlash ishlari yetarlicha tashkil etilmagani, tanlovga doir hujjatlar talab darajasida taqdim qilinmagani ta’kidlab o‘tildi. Bu kabi muammolarni bu yil takrorlamaslik yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

M.Komilova, O‘zA