Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament nazorati
16:26 / 2023-05-29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori joriy yilning 4 may sanasida qabul qilingan edi.

Ushbu qo‘shma qarorga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari,  Senat ishchi guruhi rahbari Risqul Siddiqov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Sayyora Suyarova, mahalliy Kengashlar deputatlari va soha vakillari bilan birgalikda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov hamda Do‘stlik tumanlarida  oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab, Parlament vakillari Sharof Rashidov tumanida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha belgilangan barcha zarur agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Ushbu o‘rganish jarayonida, tumandagi “Istiqlol” hamda “Yoyilma” mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidagi ishsiz fuqarolarga ajratilgan 25 sotixli yer maydonidagi kartoshka, sabzi, lavlagi, oshqovoq va loviya ekinlari ekib, yerdan samarali foydalanayotganligi ko‘zdan kechirildi va o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarga yuqori baho berdi.  

Senat ishchi guruhi rahbari Risqul Siddiqov boshchiligida mahalliy Kengash deputatlari va soha vakillari bilan birgalikda Do‘stlik tumanidagi “Navro‘z” hamda Manas mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi ishsiz fuqarolarga ajratilgan 25 sotixli yer maydonidagi uzumchilikda hamda tok qator oralariga poliz (tarvuz, oshqovoq) va dukkakli (loviya) ekinlar ekib yerdan samarali foydalanayotganligi ahvoli ham o‘rganildi.

Shuningdek, vakillar Manas MFY hududidagi “Vexel Impex” MCHJ meva-sabzavotchilik agroklasteriga qarashli 60 gektar yer maydonida eksport uchun yetishtirilayotgan poliz mahsulotlariga namunali ishlov berilayotganini, ekinlar baravj rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tdi.

Parlament nazorati davomida ishchi guruhi vakillari tomonidan bu kabi ishlar har ikkala tumanda ham qishloq xo‘jaligini isloh qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, uzumchilik sohasini rivojlantirib, eksport salohiyatini oshirish, aholining arzon va sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirishga xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA