English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament nazorati kuchaytiriladi
12:58 / 2021-07-30

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

Senat Raisi o‘z nutqida butun dunyoda pandemiya xavfi hukmron bo‘lib turgan bir sharoitda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz hayotini farovonlashtirish, hayoti va sog‘ligini kafolatli himoya qilish, har bir yurtdoshimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilayotganini ta’kidladi.    

– Uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat samaralarini bugun ko‘plab jabhalarda erishilayotgan ijobiy natijalar misolida ko‘rishimiz mumkin, – dedi Senat Raisi T.Norboyeva. – Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichi ostonasida hurmatli Prezidentimiz xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, deya qat’iy ta’kidlagan edilar. So‘nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarni ko‘p jihatdan aynan shu talab samarasi deyish mumkin. Xalq bilan muloqot, jumladan, murojaatlar bilan ishlash jamiyat hayotining barcha sohalariga doir muhim qarorlar qabul qilishning asosiy manbasiga aylandi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.  

Yaqinda davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari belgilandi. Bunda asosiy e’tibor aholiga maksimal darajada qulaylik yaratgan holda murojaatlarni imkon qadar joyida, mahallaning o‘zida hal qilish masalasiga qaratildi.  Ayniqsa, hudud rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligi keskin oshirildi. Endilikda har bir rahbarning aholi murojaatlaridan kelib chiqadigan vazifalarga doir o‘z strategiyasi bo‘lishi lozimligi qayd etildi.  

Tizimda raqamlashtirish darajasini oshirish, xususan, murojaatlarni yagona elekron bazaga jamlash va ular bilan ishlash bo‘yicha yagona onlayn platformani ishga tushirishga doir belgilab berilgan aniq vazifalar tizimda tezkorlik va samaradorlikni oshirishi tabiiy. Bu borada Senat va mahalliy Kengashlar ishtiroki va ta’sirini kuchaytirish, xususan, ijro organlarining murojaatlar bilan ishlash samaradorligini nazorat qilib borishga doir vazifalar barchamizdan alohida mas’uliyat va faollikni talab qiladi.  

Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazirlik, idora va hudud rahbarlarining hisobotini har chorakda Senatda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa har oyda mahalliy Kengashlarda eshitish orqali parlament nazorati kuchaytiriladi.  

N.Nasriyev, O‘zA