English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament nazorati institutining samaradorligini oshirish
10:40 / 2021-08-16

Qonunlarga rioya qilish, ularni ijro etish va qonun normalari bilan tartibga solishga ehtiyoj tug‘ilayotgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash, amaldagi qonun hujjatlarini hayot talablari bilan muntazam uyg‘unlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan amalga oshiriladigan parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Parlament nazorati, shuningdek mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish va fuqarolar ongida qonunga hurmat ruhini shakllantirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.

Parlament nazorati qonun chiqaruvchi organning hozirgi kundagi eng samarali ko‘rinishi hisoblanadi. Parlament nazorati qonun hujjatlari ta’sirchanligini oshirishning va ayni chog‘da jamiyatning huquqiy ehtiyojlarini tezkor aniqlashning samarali vositasi hisoblanadi.

Parlament nazorati – bu mustaqil va qonuniy, tizimli vakillik organi faoliyati bo‘lib, uning palatalari, qo‘mita va komissiyalari, palata a’zolarining ijro hokimiyati va boshqa davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv organlarining inson va фuқаро­ларнинг huquqlari va erkinliklarini, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya qilinishini ta’minlash hamda konstitutsiyaviy va joriy qonunlarning ijrosini nazorat qilish faoliyati hisoblanadi.

Parlament nazoratining muhim ko‘rinishi sifatida parlament va deputat so‘rovi parlament a’zolarining davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslari bilan munosabatlarida muhim ahamiyatga ega.

2015 yil 29 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi tushunchalariga alohida-alohida izoh berib o‘tildi.

Ya’ni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli. Qonunchilik palatasi deputati – davlat ҳоки­мя­ти va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Deputat so‘rovi deputat tomonidan uni qiziqtiruvchi shaxsiy masala bo‘yicha taqdim etilmaydi. So‘rovlarning mavzusi bo‘yicha u yoki bu normativ cheklovlar mavjud emas, lekin so‘rov yuborilgan sub’ekt vakolatlari chegarasidan chetga chiqishi mumkin emas. O‘z navbatida, deputat so‘rovini kiritish mezoni muammoning jamiyat uchun ahamiyatligidir.

2016 yil 11 aprelda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul qilinishi parlament faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning vakolatlari va funksional vazifalarining yanada kengayishiga, qolaversa, Qonunchilik palatasi va deputatlarning parlament va deputat so‘rovi huquqidan foydalanish mexanizmlarini yetarlicha ochib berishida bevosita xizmat qiladi.

Amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangi tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Bu yangi tartib parlament so‘rovining natijadorligiga bevosita o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Deputat so‘rovi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bitta mansabdor shaxsi nomiga ham, bir necha mansabdor shaxsi nomiga ham yuborilishi mumkin. Deputat so‘rovi qisqa, lo‘nda va tushunarli tarzda yozilgan bo‘lib, rasmiy blankada rasmiylashtiriladi va deputat tomonidan imzolanadi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonida yuborilayotgan deputatlik so‘rovlari aksariyat holatlarda turli darajadagi masalalar bo‘yicha tarqoq holda, ba’zi holatlarda aynan bir masala bo‘yicha turli vazirlik va idoralarga yuborilganligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda bu borada aniq bir huquqiy mexanizmning mavjud emasligi Qonunchilik palatasi deputati so‘rovini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor шахс­лариga yuborish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shundan kelib chiqib, amaldagi qonunlarimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati so‘rovini dastlab siyosiy partiya fraksiyasi majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish hamda deputatlik so‘rovi siyosiy partiya fraksiya a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan ma’qullangandan keyin yuborish tartibi belgilab qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunday tajribani GFR, Gruziya davlatlarida ham kuzatish mumkin. Albatta, bu qoida bir jihatdan deputatlarning so‘rovi huquqidan foydalanish taрти­бини chegaralab qo‘yishi mumkin. Ammo mazmun, sifat, natija masalalarini ham nazardan chetda qoldirmasligimiz kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni ham yuborilayotgan deputatlik so‘rovlarini rasmiyлаш­тириш, umumlashtirish hamda doimiy monitoringini olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan юборил­gaн so‘rovlar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2019 yilda 304 ta deputat so‘rovi yuborilgan bo‘lsa, 2020 yil yakunlari bo‘yicha esa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari 338 tani tashkil etgan.

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish masalasi alohida vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.

Mazkur parlament nazorati shakllaridan zamonaviy yondashuv asosida samarali foydalanish, ko‘plab mavjud muammolarning yechimi topilishiga bevosita ijobiy yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi Oliy Majrisga yo‘llagan Murojaatnomasida hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qo‘yishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat a’zolari parlament oldida масъu­лиятни yetarli darajada his etayotgani yo‘q. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman, deb alohida fikrlarini bildirib o‘tgan edilar.

Mazkur ma’ruza talablaridan kelib chiqib, ijro hokimiyati фао­лиятини shakllantirishdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolati va ishtirokini yanada takomillashtirish maqsadida, 2019 yil 5 martdagi “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79, 93, 98-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur jarayonda Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, siyosiy partiya fraksiyalari hamda deputatlar guruhi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgandan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, ma’qullanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Қонuн­чилик palatasi kiritilgan Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Bolgariya Konstitutsiyasining 62-moddasida Bolgariya Milliy Маж­лиси qonun chiqaruvchi hokimiyatni va parlament nazoratini amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yilgan. Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 70-модda­сиga ko‘ra, Jogorku Kenesh – Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti – bu o‘z vakolatlari doirasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni va nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi eng yuqori vakillik organi. Bu o‘z vakolatlari doirasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni va nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi eng yuqori vakillik organi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzalarida, “... parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozimligi”ga alohida e’tiborini qaratgan edilar.

Darhaqiqat, parlament hozirgi demokratlashuv jarayonlarida qonun­лар, qarorlar qabul qilish bilan birga uni joylardagi ijrosi masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Darhaqiqat, qonunlar qabul qilish ishning yarmi, ijrosi masalasi esa asosiy o‘ringa chiqmog‘i lozim.

Yuqorida keltirilgan Prezidentimizning ko‘plab маърu­залариda bildirilayotgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, Oliy Majlis palatalarining qonunlarning ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi nuqtai nazaridan, parlament nazorati соҳаси­dagi qonunchilik manbalariga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni va qonunlarning ijro etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish vakolatini mustahkamlash lozim. Haqiqatda ham parlament qonunlar qabul qildimi, mazkur qonunlarning ijrosini nazorat qilish funksiyasi ham uning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim.

Parlament amaliyotida deputatning murojaati tushunchasini ham yoddan чиқар­мас­лиgiмиз kerak. Ya’ni, deputatlik murojaati – deputatning og‘zaki va yozma tarzda vakolatli organga murojaat qilishi, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni olishga doir xatti - harakatidir.

Deputatlik murojaati – deputat sifatida vakolatli davlat organi va tashkilotlarga og‘zaki va yozma tarzda, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq savollar qo‘yishi yoki o‘zini qiziqtirgan ma’lumot va axborotlarni olish huquqini anglatadi. Tegishli davlat organi va tashkilotlar deputat tomonidan qo‘yilgan savolni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi va savoldan kelib chiqib javoblar qaytarishi, shuningdek, deputat tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni berishlari lozim.

Deputatlik murojaatida deputat tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga murojaat qiladi. Deputat so‘rovida esa asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabini qo‘yadi. Deputatlik murojaati ko‘p holatlarda og‘zaki tarzda ифо­da­ланса, deputatlik so‘rovi esa yozma tarzda yuboriladi. Ko‘p holatlarda murojaat orqali natijaga erishilmasa, murojaat keyinchalik rasmiy so‘rov­ga aylanishi mumkin.

Deputat fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga og‘zaki, yozma va elektron tarzda murojaat etishga haqli. Deputatlik vakolatlari doirasida savollar berishi hamda o‘zini қизиқтир­gaн ma’lumot va axborotlarni olish huquqi ega.

Xulosa qilib aytganda, xalq vakili sifatida faoliyat yurituvchi deputatlar islohotlarning asosiy tashabbuskori, faol ijrosiga aylanishlari lozim. Buning uchun deputatlar qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan vakolatlaridan, parlament nazorati shakllaridan samarali foydalanishlari lozim.

 

Sherzod Zulfiqorov,

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, 

yuridik fanlari doktori, professor.