Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament komissiyasi aʼzolari saylandi
08:39 / 2020-04-02

Joriy yilning 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlar jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibi qayta saylandi.


Joriy yilning 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlar jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibi qayta saylandi.

Respublikamizda fuqarolik jamiyati institutlari – nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalarining jamiyat hayotidagi oʻrni va rolini yana-da yuksaltirish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, fuqarolik jamiyati institutlarini siyosiy qarorlar qabul qilish va amalga oshirish jarayonlariga faol jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning toʻlaqonli ishtirokchisiga aylanishlari, ular yurtimizning buguni va ertangi kuni uchun daxldorlik hissi bilan faoliyat yuritishi zarurligini taʼkidlab, davlat organlari, vazirlik va idoralarga NNTlar bilan ijtimoiy sheriklikni keng yoʻlga qoʻyish, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni koʻpaytirish vazifalarini quygan edi.

Shuningdek, Prezidentimiz Murojaatnomada mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid oʻta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish majburiyligini aniq belgilash kerakligiga urgʻu berib, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etish taklifini oʻrtaga tashlagan edi.

Albatta, bundan koʻzlangan asosiy maqsad – davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish, tom maʼnodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 10 mingdan ortiq NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda mahalliy davlat boshqaruvi va ijro organlariga koʻmakdosh boʻlib kelmoqda. Mazkur institutlar fuqarolarning salohiyatini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashda munosib oʻrin tutadi.

Jahongir SARIMSOQOV,
Parlament komissiyasi aʼzosi, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi