Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlament: besh yillik islohotlar samarasi
16:40 / 2021-10-05

Avval xabar berilganidek, poytaxtimizda ish boshlagan "O‘zbekiston: besh yillik jadal islohotlar" mavzusidagi xalqaro anjuman davom etmokda.

Xalqaro konferensiya doirasida “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi islohotlar ko‘lami”, “O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy sohaning zamonaviy rivojlanishi: natijalar va istiqbol” hamda “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik hamda tashqi siyosatni ta’minlashda yangicha yondashuv natijalari” kabi seksiyalarga bo‘lingan holda muhokamalar davom ettirilyapti.

Birinchi seksiya ishida dastlab  parlament faoliyatidagi tub yangilanishlar, amalga oshirilgan ishlar xususida ma’ruzalar taqdim etilmoqda. Jumladan, Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida parlament faoliyatida yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim va tuzilmalar borasida ma’lumotlar berildi.

Bu borada xalqaro tashkilot va  tuzilmalar vakillari, ekspertlar ham o‘z fikrlari va xulosalarini bildirdi.        

 

                     Muhtarama Komilova, O‘zA