Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parkentda “Sanoat turizm kompleksi” quriladi
16:50 / 2025-12-12

Oxirgi yillarda turizm sohasi rivojida joylarda infratuzilma, ya’ni yo‘l, elektr-energiya, suv, tabiiy gaz, aloqa va transport xizmatlari zamon talablari darajasiga ko‘tariladi. Asosiysi, yuqori haq to‘lanadigan yangi ish o‘rinlari ko‘payib, aholi turmushi farovonlashib bormoqda.

Parkent tumanida ham mazkur yo‘nalishda xayrli ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, tuman hokimi Elmurod Po‘latov O‘zbekiston – Xitoy hamkorligidagi “LIMAOMOALI METAL COMPANY” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashdi. 

Hisorak hududida “Sanoat turizm kompleksi” tashkil etilishining taklif loyihasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan taqdimotda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hududdagi 100 gektar yer maydonida tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan loyihaga 50 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi. 

Shu bilan birga, hududda Xitoy davlatidan olib kelingan mevali va manzarali nihollar bilan barpo etiladigan intensiv bog‘lar, vinochilik uylari, dam olish maskanlari, milliyligimiz aks etgan kosmik kapsulali mehmonxonalar, fan va texnologiya muzeyi, zamonaviy restoranlar ishga tushiriladi. Muloqot davomida mas’ullar tomonidan yiliga 320 ming sayyohni jalb qilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur loyiha 2027 yilning birinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilgani aytildi. 

Hokim E.Po‘latov muloqotlar davomida xorijiy hamkorlarga turizm kompleksiga Parkent tumanidan ko‘proq ishchi olish kerakligini aytib o‘tdi. O‘zaro muzokaralarda ushbu loyihada yuqori haq to‘lanadigan 100 ta yangi ish o‘rniga hudud aholisi orasidan 80 kishi qabul qilinishi belgilandi. 

A.Musayev, O‘zA.