Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parkentda “Akvapark” quriladi
15:22 / 2025-04-04

Parkent tumanidagi Qayilma mahallasi hududida 20 gektar maydonida zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan “Akvapark” qurilishi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov, viloyat boshqarmasi rahbarlari hamda hududdagi fermerlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan taqdimotda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra Qayilma mahallasining Gulbog‘ massivida barpo etiladigan “Akvapark” haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Prezidentimizning tashabbusi bilan amalga oshiriladigan mazkur loyiha qiymati 30 million dollar bo‘lib, unda savdo do‘konlari, amfiteatr, yopiq suzish havzasi, attraksionlar, dekorativ qasrlar, mehmonxona, sun’iy to‘lqinli suzish havzasi, favvoralar, avtoturargoh barpo etiladi. Yiliga 100 ming sayyohni jalb qilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur loyiha 2026 yilning ikkinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilgan. Buning natijasida tuman aholisidan 500 nafar kishi ish o‘rniga ega bo‘ladi. 

Tadbirda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Akvapark” qurilishi munosabati bilan hududdagi fermerlarga kompensatsiya puli to‘lanishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ushbu hududdagi fermerlarni rozi qilish, to‘lanadigan kompensatsiya mablag‘lari qonunchilikka binoan, o‘zaro kelishuv va xolis, adolatli baholashdan keyin ishlar boshlanishini ta’kidlandi. Ayni masalada viloyatning tegishli boshqarma va idora rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilishi aytildi. 

A.Musayev, O‘zA