Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parkent tumanida “Akva park” qurilishi boshlandi
09:49 / 2025-10-03

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Parkent tumani keng bunyodkorlik maydoniga aylandi. Bunda hududning infratuzilmasi takomillashib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Ana shunday tashabbusli loyihalardan biri Qayilma mahallasining 20 gektar maydonida zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan “Akva park” qurilishiga start berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov, viloyat mas’ul boshqarmalari rahbarlari, deputatlar, hududdagi fermerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Qayilma mahallasi, Gulbog‘ massivi (markaziy yo‘l bo‘yi)da  barpo etiladigan “Akva park” haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, respublikada yagona bo‘lgan mazkur loyihaning qiymati 30 million dollar bo‘lib, unda istirohat bog‘i, savdo do‘konlari, 3 ming o‘rinli amfiteatr, ochiq va yopiq suzish havzasi ishga tushiriladi.

Yilning 4 fasliga mo‘ljallab barpo etiladigan “Akva park”ning ochiq suv havzasi yosh bolalar, kattalar va keksalar uchun alohida bo‘ladi. Kattalar uchun suv havzasida tog‘ stellasi o‘rnatilib, tabiiy to‘lqinlarni beruvchi effektlar bilan boyitiladi.

Shuningdek, attraksionlar, tapchanlar, dekorativ qasrlar, mehmonxona, Parkent dalalarida yetishtirilgan mevalar savdosi uchun kichik bozorcha, favvoralar, avto turargohlar barpo etiladi. Umuman olganda, Parkentning turizm salohiyatini namoyish etuvchi mazkur loyiha ishga tushirilgach, yiliga 100 ming sayyohni jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda. 

“Akva park” 2026 yilning III choragida ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tuman aholisidan 500 nafar kishi ish o‘rniga ega bo‘ladi.

A.Musayev, O‘zA