Dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan o‘ziga xos, qiziqarli va diqqatga sazovor voqealar, ayniqsa, suratlar yordamida nazar tashlansa, tasavvurimizda yanada jonli, haqqoniy gavdalanadi.
“Jahon hafta ichida” rukni orqali o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan dunyo voqealari qisqacha tafsilotini e’tiboringizga havola etamiz.

Buyuk Britaniyadagi temir yo‘l loyihasida foydalanilgan ulkan tunnel kavlash mashinasi 16 kilometr masofada qazish ishlarini yakunladi. Mazkur tunnel London va Birmingemni bog‘laydigan temir yo‘lning bir qismidir.

Yosh rohiblar Tailanddagi Vat Dhammakaya shahrida Maxa Bucha nomli yillik diniy marosimda to‘planmoqda.

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp Merilend shtatida bo‘lib o‘tgan Konservativ siyosiy harakat konferensiyasida nutq so‘zlamoqda. U Michigandagi praymerizda Nikki Xeyli ustidan g‘alaba qozonib, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik maqomini mustahkamladi.

Fransiyalik fermerlar Parijdagi “l'Arc de Triomphe” maydonidagi yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Dehqonlar butun Fransiya bo‘ylab iqtisodiy inqiroz munosabati bilan va hukumat yordam bermayotganiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Bangladesh poytaxti Dakkadagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab inson jarohatlandi. Suratda o‘t o‘chiruvchilar qutqaruv amaliyoti chog‘ida yaradorlarni olib ketayogani aks etgan.

Ugandaning “Soft Ground Wrestling” terma jamoasi a’zolari Mukonodagi qo‘nalg‘ada mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Ko‘chirilgan falastinliklar G‘azo sektori janubidagi chodir yonida bepul oziq-ovqat olish uchun navbat kutib turishibdi.

Texasdagi “Smokehouse Creek” o‘rmonida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida nobud bo‘lgan sigirning jasadi dalada yotibdi.

Kolumbiyaning Medellin shahrida vertolyot kuchli shamol ta’sirida qulab, bino tomiga osilib qoldi.

Italiyalik model Milandagi moda haftaligida Tokio Jeymsning “Kuz/Qish-2024” liboslar majmuasidan namuna taqdim etmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning Songchxon okrugidagi zavod qurilishiga poydevor qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ukrainalik harbiy xizmatchi Xarkov shahri yaqinida radiatsiyali, kimyoviy va biologik xavfli mashqda qatnashmoqda.

Somalilik ayollar va ularning farzandlari suv olish uchun yig‘ilyapti. Iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik tufayli Ladan aholisining bir qismi uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

12 yoshli Stiven Mudoga Keniyaning Elburgon shahridagi fermada chigirtkalar to‘dasini quvyapti. Yomg‘ir kechikayotgani mamlakatda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashni qiyinlashtirdi.

Xorvatiyalik Valentina Kafolla Italiyaning Lagodi Anterselva shahrida “muz ostida dinamik erkin suzish” yo‘nalishida 140 va 80 metr masofalarga ikki qanotli suzish bo‘yicha yangi jahon rekordlarini o‘rnatdi.

O‘tgan yil oktyabr oyida Meksikada sodir bo‘lgan “Otis” to‘foni ishdan chiqargan qayiqlar haligacha Akapulkodagi daryo sohilida qarovsiz yotibdi.

Filippinning Dumaguyete shahridagi bozorda ayol xaridor sotib olayotgan tuxumi sifatini tekshirib ko‘ryapti.

O‘t o‘chiruvchilar Ispaniyaning Valensiya shahrida yonib ketgan turar-joy binosini ko‘zdan kechirmoqda.

Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Medaram Jatara festivali oldidan dindor o‘z vazniga teng miqdorda zaytun sotib olyapti.
O‘tkir Alimov, O‘zA