Parijdagi Luvr muzeyi ish tashlash tufayli yopildi
Fransiyadagi Luvr muzeyi xodimlari rahbariyat bilan kelishmovchiliklar tufayli yana ish tashlash e’lon qildi. Natijada, muzey 12 yanvar kuni tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ldi.
Luvr veb-saytida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, muzey kassasida bir kunlik tashrif uchun chiptalarni bron qilganlar avtomatik ravishda pullarini qaytarib olishadi.
Ish tashlashni davom ettirish to‘g‘risidagi qaror muzeyning yetakchi kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilindi. Ular Fransiya Madaniyat vazirligi va Luvr rahbariyati asosiy masalalar bo‘yicha muzokaralarda yetarlicha yutuqlarga erishmagan, deb hisoblashdi.
Muassasa xodimlari ish sharoitlarni yaxshilash va muzeyni boshqarish amaliyotini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Muzeyning seshanba kuni yopilganini hisobga olsak, Luvr kamida 14 yanvargacha yopiq bo‘ladi.
G.Sattorova, O‘zA