Parijdagi ibodatxonada yong‘in qasddan o‘t tushishi tufayli sodir bo‘lmagan
Parijdagi Notr-Dam de Pari ibodatxonasidagi yong‘in qasddan o‘t tushishi tufayli sodir bo‘lmagan.
Parijdagi Notr-Dam de Pari ibodatxonasidagi yong‘in qasddan o‘t tushishi tufayli sodir bo‘lmagan. Parij bosh prokurori Remi Eytz fikricha, asosiy gumon – tasodifiy yong‘in, deyiladi TASS xabarida.
Tekshiruv ishlarini Eytz shaxsan boshqarmoqda. Tekshiruvga prokuraturaning 50 nafar xodimi jalb qilingan. Arxitektorlar bino tuzilmasi mustahkamligini o‘rganmoqda. Fransiya madaniyat vaziri binoning asosi saqlangani, lekin vaziyat murakkabligini aytgan.