Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parijda O‘zbekiston turizm forumi o‘tkaziladi (+video)
17:58 / 2025-03-05

So‘nggi yillarda O‘zbekiston turli yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlik ko‘lamini izchil kengaytirib bormoqda. Bugun yirik loyihalar ustida ish olib borayotgan, turli mamlakatlarda madaniy salohiyatini namoyish etib kelayotgan mamlakatimiz Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya bilan ham yaqin hamkorlik o‘rnatgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi joriy yil 10 mart kuni Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston turizm forumini ham tashkil qilmoqda. Tadbir doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti, Fransiyaning yetakchi turoperatorlari hamda agentliklari bilan V2V uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Turizm qo‘mitasi raisi maslahatchisi Feruz Dodiyev bilan suhbatimizda mazkur forumga tayyorgarlik, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorliklar o‘rnatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z boradi.

Videosuhbatni O‘zA YouTube тармоғида tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/o4P6cX7Ep3s" title="Parijda Oʼzbekiston turizm forumi oʼtkaziladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA