Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parijda “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” nomli ko‘rgazma tashkil etiladi
14:06 / 2022-03-01

Bugun O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Parij shahridagi Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” nomli ko‘rgazma tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning qadimiy tarixiga oid buyumlar namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya O‘zbekiston mustaqilligini 1992 yil 3 yanvarda tan olgan, 1992 yil 1 martda esa ikki davlat o‘rtasida protokol imzolanib, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

O‘zA