Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parijda “Bukhara Brilliant Silk” savdo uyi ochildi
20:14 / 2019-04-19

Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashrif bilan Fransiyada boʻldi.


Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashrif bilan Fransiyada boʻldi.

Tashrif doirasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan biznes-forum tashkil etildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi “IFP energies nouveiles” institutida boʻlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

74f71ebe5358aa39041fd.jpg

Jahon tamadduni rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ alloma va mutafakkirlarimiz ilmiy merosi bugungi kunda ham butun dunyoda katta qiziqish bilan oʻrganiladi. Xususan, Fransiyada Amir Temur va Temuriylar davri alohida tadqiq qilinadi.

Buxoro viloyati hokimligi delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida “Doʻstlik” (Park de IʼAmitie) parkida yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino haykalining ochilishi mamlakatimizdan yetishib chiqqan ulugʻ allomalarga koʻrsatilgan hurmatning yana bir namunasi boʻldi.

2019 yilda Buxoro va Ryuey-Malmezon shaharlari oʻrtasida doʻstlik aloqalari oʻrnatilganiga 20 yil boʻldi. Shu munosabat bilan Fransiyada “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi “Bukhara Brilliant Silk” qoʻshma korxonasining ipak liboslari koʻrgazmasi, “Buxoro” fotokoʻrgazmasi, konsert dasturi tashkil etildi, milliy taomlar taqdimoti oʻtkazildi.

a29d2a1766a765883bc99.jpg

Muloqot va uchrashuvlar yakuni boʻyicha turli sohalarda hamkorlikka doir qator kelishuvlarga erishildi. “Bukhara Brilliant Silk” qoʻshma korxonasi savdo uyining Parij shahrida ochilishi ana shunday oʻzaro manfaatli bitimlardan biri.

Savdo uyi faoliyatini tashkil etish orqali oʻzbek ipak matolari va liboslarining Yevropa bozorlariga kirib borishi taʼminlanadi.