Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parij Yevropadagi xavfsizlikni ta’minlash uchun Rossiya bilan muloqotni davom ettirish tarafdori
11:06 / 2022-02-24

Parij Yevropada yangi xavfsizlik arxitekturasini bunyod etish uchun Rossiya bilan muloqotda bardavom bo‘ladi, deyiladi “TASS” xabarida.

Fransuz hukumatining rasmiy vakili Gabriel Attal vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakuniga doir matbuot anjumanida: “Yaqin kunlarda Ukrainadagi ziddiyatga barham berish maqsadida biz diplomatik marafon tashkil qildik va bundan afsuslanmaymiz. Biz oxirigacha bordik. Yevropadagi xavfsizlikning yangi arxitekturasini yaratish uchun muloqotni davom ettiramiz”, deb ta’kidladi.

Rasmiy vakilning aytishicha, tinchlikni saqlab qolish uchun hamma ishni qilish lozim.

“Bu bizning eng yomon vaziyatdan imkon qadar uzoqlashishga intilishimiz bilan izohlanadi”, dedi Fransiya hukumat vakili.