Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parij va Tokio atom reaktorlarining yangi turini yaratish bo‘yicha hujjat qabul qiladi
13:02 / 2023-05-03

Yaponiya va Fransiya hukumatlari atom energetikasi sohasida yangi hujjat imzolashni rejalashtirmoqda.

Hujjatda reaktorlarning yangi inqilobiy turlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur kelishuv Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat  vaziri Yasutosi Nisimuraning Fransiyaga tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda, deb yozdi chorshanba kuni Sankei Shimbun gazetasi.

Hujjatda reaktiv chiqindilarni kamaytiradigan, yadro yoqilg‘ilaridan yanada samarali va xavfsiz foydalanadigan reaktorlarni yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, AESlarni zarur materiallar bilan ta’minlashda kooperatsiyani kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Aprel oyida Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH va  Fransiya jahon bozorining Rossiyaga qaramligini kamaytirish maqsadida yadro yoqilg‘isi va uni barqaror yetkazib berish zanjirini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.