French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parij shahridan xushxabar kelishi davom etmoqda
09:58 / 2023-07-12

Fransiya poytaxtida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda.

Ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5 metr 54 sm natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, delegatsiyamiz hisobida hozirga qadar jamg‘arilgan medallar soni 1 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 taga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA