Parij sakkiz daqiqa elektrsiz qoldi
Fransiya poytaxti Parij va unga tutash Xauts-de-Seyn hududida payshanba tongida yirik elektr uzilishi yuz berdi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, “blackout” natijasida 55 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qolgan.
Qariyb sakkiz daqiqa davom etgan elektr uzilishi poytaxt hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi: ko‘chada svetoforlar o‘chib qolgan, ba’zi metro va shahar atrofi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtagan.
Elektr tarmog‘i operatori Enedisning ma’lum qilishicha, uzilish yuqori kuchlanishli podstansiyada yuz bergan texnik nosozlik natijasida kelib chiqqan. Rasmiylar hodisa sababli yuzaga kelgan tartibsizliklar va noqulaylik uchun uzr so‘rab, ta’mirlash ishlari davom etayotganini bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA