Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parij Olimpiadasiga yo‘llanmalarimiz soni 50 taga yetdi
10:05 / 2024-06-03

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnir o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz a’zosi Navbahor Hamidova muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning 66 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarda Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun kurashgan Navbahor Hamidova chorak finalda serbiyalik Kristina Kuluxovaga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba unga "Parij-2024" litsenziyasini taqdim etdi.    

Mazkur yo‘llanmadan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasining "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun jamg‘arayotgan yo‘llanmalari soni 50 taga yetdi. Ushbu yo‘llanmalar 17 ta sport turi kesimiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, litsenzion sikl davom etmoqda. Hali oldinda hamyurtlarimiz dzyudo, yengil atletika, kamondan otish, o‘q otish sporti, suzish kabi yo‘nalishlarda yo‘llanmalarga ega chiqishi kutilmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA