Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parij olimpiadasiga tayyorgarlik
20:33 / 2022-01-12

Termiz shahrida Prezidentimizning 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII Yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” gi hamda “Yurish, yugurish, mini-futbol,badminton, stritbol va “vorkout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlari, shuningdek, Turizm va sport vazirligining 2021 yil dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tizimidagi davlat sport-ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi davlat sport-ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, murabbiylar va soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, mahoratli sportchilarimizning nufuzli jahon musobaqalarida ishtirokini kengaytirib, Vatanimiz shon-shuhratini dunyoga keng tarannum etishga alohida e’tibor qaraatilayotgani ta’kidlandi. Shu maqsadda sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo‘yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilangani qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII Yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i X.Donaboyev, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Yu. Pardayev, o‘qituvchilar F.Qulbulov va F.Qosimovlar bo‘lajak Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari, sportni moliyalashtirishga qaratilayotgan e’tibor, sport boshqaruvini takomillashtirish, 2024 yildagi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor gender tenglik ta’minlanib, erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar soni teng ravishda belgilab berilgani va boshqa muhim masalalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda – yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilangani va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi vazifalar haqida so‘z yuritildi. Davlat sport ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan o‘tkazishning tartiblari hususida fikr almashildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri