Parij-2024ning ochilish marosimi stadionga ko‘chirilishi mumkin
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi xavfsizligiga tahdid yuzaga keladigan bo‘lsa, tadbir “Stad de Frans” stadioniga ko‘chirilishi mumkinligini bildirib o‘tdi.
Hozircha Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi Fransiya Prezidentining fikriga munosabat bildirganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 26-iyulidan 11-avgustigacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun 20 minggacha harbiy xizmatchilardan foydalanish rejalashtirilgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA